Kundalik hayot uchun. O‘ylab tanlangan.BZSH / ONLINE STORE
MA’LUMOTLARINGIZ HAQIDA

Tanlovingiz ham, ma’lumotlaringiz ham sizniki.

Quyida do‘kon xizmatlari uchun qanday ma’lumotlar ishlatilishi, AI xizmatlariga nimalar yuborilishi va nimalarni boshqarishingiz mumkinligi yozilgan.

Hisob va buyurtma

Hisobingiz uchun ism, noyob nickname, parolning qayta ochib bo‘lmaydigan xeshi va telefon raqami saqlanadi. Telefon SMS bilan tasdiqlanmaydi va buyurtma aloqasi uchun ishlatiladi. Yetkazish uchun kiritgan manzilingiz va qabul qiluvchi ma’lumotlari ishlatiladi. Savat, buyurtma, to‘lov holati va buyurtma o‘zgarishlari xizmatni bajarish uchun saqlanadi.

To‘lov hozir naqd yoki kartaga qo‘lda o‘tkazish orqali. Saytdagi to‘lov shakliga karta paroli va SMS kodini kiritish talab qilinmaydi.

Sharh yuborsangiz, tasdiqlangan sharh matni, bahosi, rasmlari va ismingizning birinchi qismi mahsulot sahifasida ko‘rinishi mumkin. Profilingizdan o‘z sharhingizni boshqarishingiz mumkin.

Cookie va brauzer xotirasi

Hisobga kirish seansi, savat va AI suhbatini bog‘lash uchun cookie ishlatiladi. AI robot va ovozning ON/OFF tanlovi shu brauzerda saqlanadi. Ovoz dastlab o‘chiq bo‘ladi.

Kirish seansi
30 kungacha. Profilingizdagi “Chiqish” tugmasi bilan seansni tugatishingiz mumkin.
AI suhbat va tashrif
24 soatlik identifikatorlar suhbatni bog‘lash, cheklovlar va do‘konning umumiy tashrif ko‘rsatkichlari uchun ishlatiladi.
Savat
Mehmon savati shu brauzerga bog‘lanadi; hisobga kirganda savat profilingizga birlashtirilishi mumkin.

Kirish yoki chiqish o‘zgarsa, ochiq AI suhbat va shaxsiy tasvir ko‘rinishlari tozalanadi. Boshqa foydalanuvchiga qurilmani berishdan oldin profilingizdan chiqing.

AI yordamchi va ovoz

AI yordamchidan foydalansangiz, xabaringiz va shu suhbat tarixi sayt serveri orqali BZSH AI xizmatiga yuboriladi. BZSH AI katalog, savat va buyurtma ma’lumotlariga ulanmagan; narx va mavjudlikni saytdan tekshiring. Suhbat tarixi ilovada 24 soat davomida ochiladi va “Tozalash” tugmasi bilan o‘chiriladi.

Mikrofon faqat ovozni yoqib, “Gapirish” tugmasini bosganingizda ochiladi. Yozuv matnga aylantirish uchun BZSH AI’ga yuboriladi; ilova audio yozuvini saqlamaydi. Matn avval tahrirlash maydoniga tushadi, uni o‘zingiz yuborasiz.

“Tinglash” bosilganda javob matni BZSH AI orqali sun’iy ovozga aylantiriladi. Ovoz AI tomonidan yaratilgan.

AI kiyib ko‘rish: surat

Mos mahsulotlarda shaxsiy suratni tanlash yoki kamera bilan olish mumkin. Kamera faqat o‘zingiz ochganingizda ishlaydi. Surat FASHN xizmatiga faqat alohida rozilik berib, “Ko‘rinishni yaratish” tugmasini bosganingizda yuboriladi.

Surat va natija ilovada 24 soatgacha profilingizda ochiladi. FASHN qayta ishlash ma’lumotlarini ko‘pi bilan 1 kun, base64 natijani 60 daqiqagacha saqlaydi. So‘rov metama’lumotlari avtomatik o‘chirilmaydi.

AI video

5 soniyali video yaratishda tayyor AI tasviringiz alohida roziligingiz bilan FASHN’ga yuboriladi. Video ilovada 24 soatgacha, boshlang‘ich tasvir muddati tugashigacha ochiladi.

FASHN video nusxasini o‘z CDN xizmatida 3 kungacha saqlaydi; so‘rov metama’lumotlari avtomatik o‘chirilmaydi. Ilovada o‘chirish FASHN’dagi nusxani darhol o‘chirmaydi: xizmatda masofadan o‘chirish imkoniyati mavjud emas.

Mening AI ko‘rinishlarim bo‘limida o‘z natijangizni o‘chirishingiz mumkin. Boshlang‘ich tasvirni o‘chirish undan yaratilgan ilovadagi videolarni ham o‘chiradi.

Sevimlilar va saqlangan o‘lchamlar

Sevimli mahsulotlar ro‘yxati hisobingizga bog‘lanadi. Profilingizdan mahsulotni ro‘yxatdan olib tashlashingiz mumkin.

Razmer va tana o‘lchovlarini ixtiyoriy ravishda o‘zingiz kiritasiz; ular faqat profilingizda ochiladi. Bu ma’lumotlar AI tomonidan hisoblangan tana skani emas. Mening o‘lchamlarim bo‘limida ularni tahrirlash yoki o‘chirish mumkin.

Saqlash va tozalash

Muddati tugagan AI suhbat va media natijalariga kirish yopiladi. Saqlangan fayllarni jismonan tozalash davriy bajariladi.

Davriy tozalash ishlaganda 90 kundan eski umumiy tashrif hodisalari, 7 kundan eski so‘rov cheklovi yozuvlari va muddati tugaganiga kamida 1 kun bo‘lgan seanslar, SMS tasdiqlash urinishlari hamda mehmon savatlari o‘chiriladi.

Hisob, buyurtma va to‘lov qaydlari, o‘zgarishlar tarixi hamda AI so‘rovi haqidagi asosiy qaydlar bu avtomatik tozalashga kirmaydi. Ma’lumotlaringiz bo‘yicha savol yoki murojaat uchun biz bilan bog‘laning.