Har kuningizga
kerakli tanlov.
BZSH — uy, ish, safar va kundalik hayotda asqatadigan buyumlar uchun online do‘kon. Instagramda boshlangan savdomizni shu yerda davom ettiryapmiz.
O‘zingizga mosini toping
Katalogda mahsulotni kategoriya, nomi, narxi, rangi va o‘lchami bo‘yicha qidirishingiz mumkin. Mahsulot haqidagi tavsif, variantlar va mavjudlik uning sahifasida ko‘rsatiladi.
Qanday mahsulotlar?
Uy buyumlari, elektronika, kiyim, oyoq kiyim, aksessuarlar, sport, bolalar va safar uchun kerakli narsalar. Assortiment bosqichma-bosqich to‘ldiriladi.
Buyurtma asosida tayyorlaymiz
“Buyurtma asosida” belgilangan mahsulotlarni buyurtmangiz tushgach olib, tayyorlaymiz. Sahifadagi miqdor hozir qabul qila oladigan buyurtma limitini bildiradi. Tayyorlash va yetkazish muddati buyurtma tasdiqlanganda kelishiladi.
Yetkazish va to‘lov
100 000 so‘mdan boshlab yetkazish bepul: Toshkent shahri bo‘ylab manzilgacha, viloyatlarga BTS punktigacha. Undan kam buyurtmalar faqat Toshkent shahri bo‘ylab 30 000 so‘mga yetkaziladi. Yetkazish chegarasi promokod chegirmasidan keyingi mahsulotlar summasiga qarab hisoblanadi.
Naqd yoki kartaga o‘tkazib to‘lashingiz mumkin. Karta rekvizitlari buyurtma tasdiqlanganda beriladi, o‘tkazma do‘kon tomonidan tekshiriladi.
Yetkazish va to‘lov tafsilotlari bilan tanishing.
Tekshirib qabul qiling
Mahsulotni qabul qilishda tekshirib oling. Qabul qilishda kartochkadagiga mos kelmasa, almashtiramiz. “Qabul qilishda tekshirish” belgilangan mahsulotni tekshirib qabul qilganingizdan keyin do‘konning qo‘shimcha kafolati amal qilmaydi.
Qo‘shimcha kafolati bor mahsulotda uning muddati alohida ko‘rsatiladi. Shunday mahsulot belgilangan muddat tugashidan oldin buzilsa, qaytarishingiz mumkin. Qaytarish va kafolat shartlari alohida sahifada yozilgan.
Savollar uchun +998 95 843 80 30 yoki bog‘lanish sahifasi.
Katalogni ko‘rish